“O’zstandart” agentligi bosh direktori A.O’.Karimovning taklifiga ko‘ra, joriy yilning 1 mart kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi  Sayyod Shahabuddin Timuri “O’zstandart” agentligiga tashrif buyurdi. 

Mehmon bilan uchrashuvda “O’zstandart” agentligi bosh direktori A.O’.Karimov ikki mamlakat o‘rtasidagi standartlashtirish, metrologiya, maxsulotlarni sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida qo‘shma laboratoriyalarni ochish bo‘yicha strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan  istiqbolli  kelishuvlar  haqida so‘z yuritildi. 

Afg‘oniston Islom Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi  Sayyod Shahabuddin Timuri darhaqiqat “O’zstandart” agentligi  va ushbu tizimda Afg‘oniston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan Afg‘oniston  standartlashtirish milliy idorasi bilan xamkorlik aloqalarini o‘rnatish mintaqalararo sheriklik uchun ulkan salohiyat va imkoniyatlar eshigini ochishga umid bildirdi.

Elchi janoblari kelgusidagi har ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini alohida ta’kidladi.