2018 yil 27 aprel kuni “O’zstandart” agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)-ning O’zbekistondagi Ofisi direktori janob Son Song Il boshchiligida Koreyaning “Hyundai Asan” va “Korea Testing Certification” kompaniyalarining mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik maqsadlariga mo‘ljallangan uchrashuvda “O’zstandart” agentligi Bosh direktor o‘rinbosari J.Shukurov,,Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari guruhi rahbari F.Usmonov, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktor o‘rinbosari F.Samadov va “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi direktor o‘rinbosari Sh.Vasievlar ishtirok etdi.

Uchrashuv “O’zstandart” agentligining KOICA bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar natijasiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda so‘zni J.Shukurov ochib berdi va mehmonlarning “O’zstandart” agentligiga tashriflari uchun tashakkur bildirib, ularga loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Hususan, yaqinda keltirilib o‘rnatilgan zamonaviy laboratoriya o‘lchov uskunalari (gaz va elektr hisoblagichlarining qiyoslovdan o‘tkazish qurilmalari, harorat etaloni, mass-spektrometrli gaz xromatografi, ISP-mass spektrometri, yuqori samarali suyuqli xromatografi) ishga tushirilganligi va Koreya respublikasi mutaxassislari tomonidan bu uskunalarda ishlash bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu loyiha natijasida “O’zstandart” agentligining malakali mutaxassislari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarida xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikda aniqlash, bir vaqtning o‘zida 10 tagacha gaz hisoblagichlarini qiyoslovdan o‘tkazish imkoniyati erishildi. Buning natijasida esa, o‘lchov natijalarining aniqligi, tezligi va sifat darajasi oshishiga hamda aholi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqarishiga erishiladi.

Muzokaralar chog‘ida ayni paytdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va salohiyat to‘liq ishga solinishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.