Joriy yilning 30 aprel kuni “O‘zstandart” agentligi binosida “ISO tashkiloti faoliyati, Texnik qo‘mitalar va xamkorlik istiqbollari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda Respublikadagi mavjud texnik ko‘mitalarning vakillari, Agentlikning Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti raxbar xodimlari, tegishli boshqarma boshliqlari va yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminarda so‘zga chiqqan Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Muxitdinov, Huquqiy ekspertiza va xalqaro munosabatlar boshqarmasi, xalqaro munosabatlar bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Orifboyev respublikadagi mavjud texnik qo‘mitalar oldida turgan vazifalar, muammolar va ularning yechimlari, standartlashtirish va texnik qo‘mitalar faoliyati, “O‘zstandart” agentligining ISO tashkiloti texnik qo‘mitalari bilan olib borayotgan faoliyati, xalqaro faoliyat va texnik qo‘mitalar faoliyatini sifat jixatdan yangi bosqichga olib chiqish masalalari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Seminar yakunida ushbu o‘quv seminarni tashkil etilishi va unga hukumatimiz darajasida e’tibor berilishi ham bejiz emasligi, shunday ekan, barcha seminar ishtirokchilari uchun tayyorlangan ma’ruza va prezentatsiyalarda ilgari surilgan fikr va tavsiyalardan maqsadli foydalanib, mustahkam hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, faoliyatdagi mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, uni yanada takomillashtirish, samaradorlik va natijadorlikka erishish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Seminar davomida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar