Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan Guliston hamda Oqoltin tumanlarida “Global G.А.P” standartini joriy etish bo’yicha hududlarda chorvachilik, baliqchilik va meva-sabzavot yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo’jalik va eksportyor korxona rahbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarlarda viloyat hokimligi, viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'eklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, Fermer dehqon xo’jaliklari va tamorqa yer egalari kengashi, viloyat savdo-sanoat palatasining vakillari ishtirok etib, mavzu yuzasidan hamkorlik ishlari belgilab olindi.