Mamlakatimizda Prezidentimizning “Ichki turizmni rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qaroriga muvofiq “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti ishchi-xodimlari yurtimizning qadimiy va navqiron Xorazm vohasiga turistik sayohat uyushtirdi.

Tashkil etilgan tadbirdan asosiy maqsad, xalqimizni yurtimizning tarixiy, madaniy yodgorliklari bilan tanishtirish, milliy qadriyatlarimiz, qadimiy me’morchilik obidalariga, ajdodlarimizdan qolgan merosimizga bo‘lgan e’tiborini oshirishga qaratildi.

 

Qadim Xivani ochiq osmon ostidagi muzey deyishlari bejizga emas. Ushbu shaharda joylashgan “Ichan qal’a”, “Dishan qal’a” kabi me’moriy yodgorliklar, qadimiy maskanlarga qilingan sayohat institut xodimlari uchun xalqimizning necha ming asrlik tarixi, asori-atiqalari, milliy-madaniy qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Standartlashtirish instituti xodimlari ham dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan mehmonlarni bag‘rini keng ochib, mehmondo‘stlik bilan kutib olayotgan bu qadim va navqiron zaminga tashrifi taassurotlarga boy bo‘ldi.