Butunjahon akkreditatsiya kuni – xalqaro va milliy standartlar asosida sinov laboratoriyalari, metrologik xizmatlar, sertifikatlashtirish idoralarini akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi idoralar xodimlarning xalqaro kasbiy bayrami.

 

Butunjahon akkreditatsiya kunini ta’sis etish tashabbusi Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) ga tegishli bo‘lib, 2007 yil oktyabr oyida Sidney (Avstraliya) shahrida har yili 9 iyun kunini “Butunjahon akkreditatsiya kuni” sifatida nishonlash bo‘yicha ushbu tashkilotlarning Bosh Assambleyasida qo‘shma qaror qabul qilingan.

2019 yil 10 iyun kuni Akkreditatsiya markazida “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan Xalqaro akkreditatsiya kuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda milliy akkreditatsiya tizimining hozirgi kundagi rivojlanishning faol bosqichida turganligi va iqtisodiy munosabatlar, ilm-fan va texnologiyaning zamonaviy rivojlanishida akkreditatsiya idoralarining faoliyati muhum ekanligi ta’kidlandi.

Akkreditatsiya sohasini rivojlantirishga, shuningdek, akkreditatsiya markazini ILAC va IAF ning halqaro tashkilotlariga to‘liq a’zosi sifatida qo‘shilishida faol ishtirok etayotgan bir qator Markaz xodimlari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.