Joriy yilning 16-20 sentyabr kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida “ISO WEEK 2019” tadbirlari va Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh Assambleyasining 42 yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Xalqaro uchrashuvda ISO tashkilotining turli texnik qo‘mitalari faoliyati, rivojlanayotgan davlatlarning standartlashtirish tizimini sifat jihatdan yangilash mexanizmlari, standartlashtirish sohasiga oid turli xil mavzularda sessiyalar va bir qator manfaatli uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi (MGS) va ISO vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ISO tashkiloti prezidenti Djon Uolter, Bosh Kotib Serxio Muika hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda MDH davlatlarida xalqaro ISO standartlarni joriy etish, ISO tashkiloti texnik qo‘mitalari va MDHdagi mavjud texnik qo‘mitalar faoliyatini tubdan yaxshilash, standartlashtirish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ISO 2030 strategiyasi va MGS 2030 strategiyasi loyihalari muhokama etildi. Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda.