Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ)ning kӯmagida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan "Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qӯshilgan qiymatni oshirish" loyihasi ekspertlari “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyiha rahbari Florian Nitsinger, loyiha boshqaruvi vakili Jina Burgard, qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘yicha mutaxassis Shteffen Noleppa, BCI standarti va biologik qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Yoaxim Lenslar ishtirok etdilar.

Dasturni joriy etishdan asosiy maqsad - paxtani ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror ishlab chiqarish, qayta ishlash tizimini rivojlantirish, samaradorligini oshirishdir. Shu jumladan, dastur paxta yetkazib berish zanjiri bo‘ylab strategik ittifoqlarni shakllantiradi va tadbirkor-fermerlarga paxta ishlab chiqarish tizimini takomillashtirishda yordam beruvchi sheriklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy e’tibor xalqaro barqarorlik standartlarini (BCI – “Yaxshi paxta tashabbusi”, organik paxta va boshqalar) joriy etishda yordam beruvchi paxta yetishtirish va qayta ishlash tizimlariga qaratiladi.