“O‘zstandart” agentligi va Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Dasturga a’zo bo‘lish natijasida, Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)dan elektrotexnika mahsulotlariga oid qo‘shimcha 200 ta bepul xalqaro standartlarni olish va keng foydalanish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilning 19 fevral kuni Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasidan 74 ta IEC xalqaro standartlari olingan edi.
Imzolangan hamkorlik bitimi doirasida, Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN)dan 54ta Yevropa standartlari olindi.
Ushbu Yevropa standartlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishga xizmat qiladi.

Yevropa standartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Agentlik xuzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti“ davlat muassasasi (Standartlar instituti)ga murojaat qilishingiz mumkin.