ISO 2018 Global statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan 878664 ta ISO 9001 va 32120 ta ISO 22000 muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
Xitoy, Koreya Respublikasi, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Italiya, Hindiston, Gretsiya, Tayvan,Turkiya, Italiya, Ruminiya davlatlari ISO 9001 va ISO 22000 standartlari talablari bo‘yicha sertifikatlangan yetakchi mamlakatlar qatoriga kiradi.
Metallurgiya, qurilish, elektronika, avtomobilsozlik va mashinasozlik ISO 9001 bo‘yicha eng ko‘p sertifikatlangan tarmoqlar hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda korxonalarning ISO 9001 va ISO 22000 muvofiqlik sertifikatlarini qo‘lga kiritishi- iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini doimiy qondirib borishga qaratilagan sayi-harakatlarning bir mahsulidir.
Shu nuqtai nazardan, korxonalarda ISO 9001 va ISO 22000 standartiga asoslangan integratsiyalashgan boshqaruv tizimining joriy etish ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga, mahsulotlar va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
ISO 9001 va ISO 22000 muvofiqlik sertifikatalri bo‘yicha 2019 yil
ISO tashkiloti global so‘rovi natijalari joriy yilning sentyabr oyida ma’lum kilinadi.

Mazkur xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga, O‘zbekiston Standartlar institutiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin www.globalstd.com

«O‘zstandart» agentligi
Xalkaro munosabatlar boshqarmasi