O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812 son qaroriga muvofiq, tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta'minlashga to‘sqinlik qiladigan ma'nan eskirgan normalarni bartaraf etish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan 5236 ta standartlarni amal qilish muddatini to‘xtatish bo‘yicha choralar qabul qilinmoqda (ro‘yhatlar ilova qilinadi). 

“O‘zstandart” agentligi Respublika hududida amal qilishi to‘xtatiladigan standartlar o‘rniga xalqaro standartlarni qabul qilish bo‘yicha takliflarni yuborishni so‘raydi.

Qiziqtirgan savollar bo‘yicha “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasiga +998-71-202-00-11 (ichki 7011) - Fayzieva Feruzaga murojaat qilishingiz va smsiti@mail.rusmsiti_fond@mail.ru elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin. 

Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta'minlash maqsadida, “O‘zstandart” agentligi xalqaro standartlarni Respublikada qabul qilish masalalari bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligi ma'lum qilinadi.