Joriy yilning 22-oktyabr kuni xalqaro hamkorlik doirasida, Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC)dan elektromobillar va ularning ehtiyot qismlariga oid 51ta Xitoy standartlari olindi.

Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy davlat standartlarini oʻrganish, mahsulotlarni shu standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.

Shu bilan birga Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi ekspertlari bilan joriy yilning 27-oktyabr kuni “Elektromobillar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqishda Xitoy davlati talablari” mavzusida onlayn seminar tashkil etiladi.

Xitoy standartlari va onlayn seminar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi yoki Agentlik huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti“ davlat muassasasi (Standartlar instituti)ga murojaat qilinishi mumkin.

“Oʻzstandart” agentligi 
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi