Agentlik huzuridagi Departament, Standartlar instituti va Milliy metrologiya instituti mutaxassislari joriy yilning 27-28-oktyabr kunlari Moʻynoq va Boʻzotov tumanlari hokimligi bilan hamkorlikda tumanlardagi sanoat klasterlari tarkibiga kiruvchi korxonalar vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan seminarda sanoat klasterlarini tashkil etish uchun korxonalarga zarur standartlar taqdim etildi, xom ashyodan tortib tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yaratilayotgan yangi loyihalarni muhokamasi boʻlib, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, Moʻynoq tumanidagi «Muynaq akva sanoat» va Boʻzotov tumanidagi «Boztex» korxonalari faoliyati bilan tanishib, mahsulotlarning sifati, sinov jarayonlarini tashkil etish, eksportga chiqish uchun yaratilayotgan qulayliklar, xalqaro standartlar va sertifikatlarni olish masalasida amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan takliflar berildi.

Shuningdek tadbir ishtirokchilari Muynaq va Boʻzotov tumanlarida hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar bilan tanishishdi.

Ishchi guruhi vakillari Boʻztov tuman hokimining tashabbusi bilan tumanda tashkil etilgan yangi yoshlar markaziga borib yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Yoshlarni standartlashtirish sohasidagi qiziqishlarini oshirish maqsadida sohaning yoʻnalishlari, ilm va innovatsiyalarni chuqur egallash boʻyicha tavsiyalar berildi.