“Oʻzstandart” agentligi va Afgʻoniston milliy standartlar agentligi (ANSA) oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Afgʻoniston munosabatlarining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda muvofiqlikni baholash natijalarini oʻzaro tan olish kabi dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Soha yoʻnalishdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarni chuqurlashtirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi