Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda eng muhim omillardan biri – tarixiy xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi boʻlib, oʻtganlar xotirasini yodda saqlagan holda, eʼzozlab yashash demakdir. Yoshlarni shunday anʼana ruhida tarbiyalash yoʻladi Vatanimiz tarixi bilan qurollantirish maʼnaviyat va milliy mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib boʻlmas vazifa ekanligi anglagan holda “Oʻzstandart” agentligida yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Agentlik yoshlari Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan Gʻalaba bogʻi va uning hududidagi Shon sharaf muzeyi va bir qator oʻziga xos tarixiy ahamiyatga ega eksponatlar bilan tanishish asnosida, bugungi kunning qadriga yetish, Vatan tinchligini asrash, fidoiy boʻlish naqadar sharafli ekanligini yana bir his etdilar.

Muzeydagi har bir eksponat, zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan tarixiy fakt va voqealar yoshlarda oʻsha davr ruhini sezish, anglash va fikrlashlariga sabab boʻldi.

Bugungi tinch-osoyishta hayotga qanday ogʻir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yana bir bor chuqur anglab, bu yoʻlda qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etdilar.