O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli "Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida "O'zstandart" agentligi tomonida me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.

"Ozstandart agentligi bosh direktorining "Menejment tizimini sertifikatlashtirish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida'"gi buyrug'i;

"Ozstandart agentligi bosh direktorining "Muvofiqlikni baholash sohasi xodimini sifat bo'yicha ekspert-auditor unvoniga attestatlash tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida'"gi buyrug'i;

"Ozstandart agentligi bosh direktorining "Muvofiqlikni baholash sohasi xodimi sifatida qatnashishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida'"gi buyrug'i;

Loyihalar bo'yicha taklif va mulohazalarni 2015 yil 12 noyabrga qadar "O'zstandart" agentligining Muvofiqlikni tasdiqlash sohasida texnikaviy siyosat va sifat tizimlarini joriy etish boshqarmasiga yuborishingiz mumkin. E-mail: tohirov@standart.uz