Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Qashqadaryo hududiy filiallari tomomnidan hamkorlikda xotira tadbiri oʻtkazildi.

Taʼkidlash lozim, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan ulugʻ ijodkor tavalludining 80 yilligini nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan boʻlib, shunga muvofiq Abdulla Oripov  ijodini oʻrganish, nomini ulugʻlash, xotirasini abadiylashtirish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xotira tadbirida filial xodimlari  Qarshi shahrida qad koʻtargan Abdulla Oripov haykali oldida ijodiy suhbat oʻtkazdilar. Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻusini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos oʻrni va ahamiyati haqida gapirdi.

Tadbirda Abdulla Oripov ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan shoirning ijod namunalaridan yodlab berishdi.