Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Bekobod filiali va boshqa masʼullar  “KOTMARKOT CA” ishlab chiqarish korxonsida boʻlib, sohaga doir masalalarda amaliy yordam koʻrsatish taklifini bildirdilar.

      Yangiyoʻl tumanida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ushbu korxona hozirgi kunda Rossiya va Belorusiyaga sifatli oʻz mahsulotlarini yetkazib berib kelmoqda. Uchrashuvda faoliyatni yanada kengaytirish, xalqaro standartlarni joriy etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va 2021-yil 2-iyunda qabul qilingan PQ-5133-sonli Qaror va PF-6240-sonli Farmonlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.