OʻzTTSA huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boʻlinmasi mutaxassislari Termiz shahridagi chinni buyumlar ishlab chiqaruvchi “SURXON TERMIZ CHINNI” korxonasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona ayni paytda ichki hamda qoʻshni davlat bozorlariga sifatli mahsulot yetkazib bermoqda. Ana shu faoliyatni yanada kengaytirish, xalqaro standartlarni joriy etish va eksportga yoʻnaltirish masalalarida filial mutaxassislari sohaga doir sifatli xizmatlarni taklif etib, hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Bundan tashqari, uchrashuvda korxona vakillariga “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi”, “Standartlashtirish toʻgʻrisidagi”, va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi” yangi qonun loyihalari yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.