Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Bekobod filiali masʼullari ishtirokida Bekobod shahar hokimligi investitsiya va tashqi savdo boʻlimi va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi, eksportyor korxonalar va hokim yordamchilari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240-sonli Farmoni, PQ-5133-sonli Qarori Vazirlar Mahkamasining VM-175-sonli va VM-826-sonli qarori mazmun mohiyati yuzasidan maʼlumotlar berildi. Mahsulotlarni eksport qilishda importyor davlatning talablarini oʻrganishda, murojaatlariga oʻz vaqtida sifatli amaliy yordam berish, ularni milliy va xalqaro standartlar bilan taʼminlash, sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sinovdan hamda ularga tegishli boʻlgan oʻlchash vositalarini oʻz vaqtida metrologik tekshiruvlarni oʻtkazishda zarur imtiyozlar asosida ishni tashkil etish va bu yoʻnalishda yangicha yondashuvlar tashkil etilganligi haqida maʼlumotlar berildi.