Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4887-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoroda joylashgan yirik savdo markazlarida “Oziq-ovqat sifat haftaligi” tadbirlarini tashkil etdi.

Mazkur tadbirda bir qator mutasaddi tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.