Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ''UzTest'' DM Jizzax filiali va Jizzax Politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Kecha Jizzax filiali mutaxassislari tomonidan transport fakultetida klimatik kamera sinov uskunasidan foydalanish bo‘yicha master klass o‘tkazildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan uskunani saqlash va undan to‘g‘ri foydalnish bo‘yicha tushunchalar berishdi.