O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” davlat muassasasi Andijon filiali “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” mutaxassislari tomonidan Andijon viloyati Xojaobod tumanida joylashgan “Aser rivoj tekstil” ma’suliyati cheklangan jamiyati mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv mobaynida mazkur korxonada ISO 9001 xalqaro standartini joriy qilish afzalliklari hamda GSP+ preferensiyalar tizimi doirasida mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishda yaratilgan qulayliklar borasida zarur ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, korxonaga Vazirlar Mahkamasining   826-sonli qaroriga asosan, ISO 9001 xalqaro sertifikatini olish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanishida amaliy yordam ko‘rsatildi.