Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan Qarshi muhandislik – iqtisodiyot institutida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali hamda “UzTEST” markazi Qashqadaryo filiali hamkorlikda “Fan va texnikada innovatsion texnologiyalar: fizik yechimlar, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlik muammolari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy– amaliy anjumani o‘tkazildi.

 Anjumanga Buxoro muhandislik – texnologiya instituti kafedrasi mudiri texnika fanlari doktori Maqsud Maxmudov hamda “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi mas’uli Nodir Avliyaqulovlar ishtirok etib, “Mahsulotlar va xizmatlar sifatini ta’minlashda texnik reglamentlarning o‘rni” va boshqa muhim mavzularda ma’ruza qildilar.