O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan mahalliy eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanishish, sohaga doir masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Filial mas’ullari kuni kecha Qonliko‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “Kanteks invest” korxonasida bo‘ldilar. Korxonaning yillik quvvati 10800 tonnani tashkil etib, asosan ip kalava mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotdan yiliga 12 mln AQSh dollaridan ortiq ip kalava mahsulotlari Rossiya va Turkiya davlatlariga eksport qilib kelinmoqda. 

Filial tomonidan korxonaga doimiy ravishda standartlashtirish, sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish, sifat menejment tizimlari joriy etish hamda sohaga oid boshqa masalalar  yuzasidan amaliy yordam  ko‘rsatilib kelinmoqda. Korxona rahbariyati bilan muzakora o‘tkazilib,  eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “GSP+” imtiyozlar tizimi doirasida o‘z mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilish tavsiya etildi. Korxonaga OEKO-TEX STANDARD 100 xalqaro standarti talablari asosida sertifikatlashtirish bo‘yicha konsultativ xizmati ko‘rsatildi va  Eksportni rag‘batlantirish agentligiga  tegishli hujjatlari taqdim etishda amaliy yordam ko‘rsatilib, “GSP+” tizimi Yevropa Ittifoqining talablari” qo‘llanmasi bilan ta’minlandi. Shuningdek, soha qonunchiligi bo‘yicha keng tushunchalar berildi.