Filialga Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali talabalari uchun tashkil etilgan ekskursiya davomida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mahsulotlar sinovlarini amalga oshirish laboratoriyalar majmuasi va malakali mutaxassislar faoliyati yoshlarda yuqori qiziqish uygʻotdi.  Ularni qiziqtirgan savollarga filial xodimlari tomonidan batafsil javob qaytarildi.