OʻzTTSA “UzTEST” markazi Jizzax filiali tomonidan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar hamda tadbirkorlik subektlariga amaliy yordam va labaratoriya xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Hamkorlarga sohaga doir sifatli xizmat koʻrsatish uchun filialda yetarlicha malakali xodimlar va yuqori aniqlikdagi zamonaviy laboratoriya jihozlari mavjud. Hamkorlik samarasida bugungi kunda viloyat hududida siqatli mahsulot ishlab chiqarish jarayonlariga filial xodimlari ham oʻz hissasini qoʻshishmoqda.
Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ekportni yoʻlga qoʻyish borasida hamkorlar bilan muloqotlar davomida hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar va imkoniyatlar, meʼyoriy hujjatlar talablari, xalqaro standartlar haqida keng tushunchalar berilmoqda.