Jizzax shahar hokimligida O‘zTTSA “UzTEST” markazi, “O‘zMMI”, Departamentning Jizzax filiallari mas’ullari va Jizzax viloyati hokimligi “Invetsitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi” xodimlari bilan hamkorlikda Prezidentimizning 2023-yil 21-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-111-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil qilindi. Seminarga viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari taklif etildi. Suhbatlar davomida mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘yicha tushunchalar berib o‘tishdi.

Yig‘ilganlar sohaga doir savollariga javob olishdi.