\Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda joriy yilning 6-24 noyabr kunlari belgilangan reja muvofiq Respublikaning barcha hududlarida tajribali xorijiy mutaxassis - O‘zbekiston-Latviya savdo uyi direktori V.Galperins ishtirokida “Yevropa bozoriga eksport qilish: talablar, tartiblar va qoidalar” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Shu tadbirlar turkumi Jizzax shahrida ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “Uz-TEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari ham ishtirok etdi.