Joriy yilning 15-16- noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiyasiga bag‘ishlangan ikkinchi Xalqaro kongress va ko‘rgazmada Agentlik vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo farmatsevtika sanoati, sohadagi innovatsiya tendensiyalari, farmatsevtika korxonalarini modernizatsiya qilish va qurish bo‘yicha loyihalar, klinik tadqiqotlar, sertifikatlash, ro‘yxatga olish, marketing va sohadagi xarajatlarni kamaytirish, eng yaxshi tajribalarni o‘rganish va joriy etish mavzulariga bag‘ishlangan jami 7 ta sessiyalar o‘tkazildi.

Xalqaro kongressning 5 – sessiya doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori  Lazizbek Saidoripov “O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning muvofiqligini baholashda metrologiyaning o‘rni” mavzusida spiker sifatida taqdimot bilan ishtirok etdi. Taqdimot savollar, takliflar va fikrlash almashishga boy tarzda o‘tdi.