Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi” tadbiri o‘tkazildi. “Berdaq” nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida o‘tkazilgan tadbirda O‘zTTSA Oʻzbekiston milliy metrologiya institut Qoraqalpog‘isiton filiali mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Filiali metrologi Dilbar Uteulieva yig‘ilganlarga ma’ruza o‘qib. tadbir ishtirokchilarining metrologiyaga oid savollariga javob berdi.