Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan “Do‘stlik inovatsion textil” korxonasida bugungi kunda 110 ta xodim tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini olib borishmoqda. O‘zTTSA “UzTest” markazi Jizzax filiali mutaxassislari tomonidan mazkur korxonaga xalqaro va muvofiqlik sertifikatlarini olish bo‘yicha sohaga doir amaliy amaliy yordam berilmoqda. Bu jarayon samarasida korxonada “OEKO TEX STANDART-100” va “SIDEX” xalqaro standartlari joriy etiladi va sertifikatlanadi.
Prezidentimizning 2022-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175 sonli Farmoni ijrosi doirasida filial mutaxassislari korxona mas’ullari bilan hamkorlikda ishlab keng tushunchalar berishmoqda.