O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTest” DM Samarqand filiali mutaxassislari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Grand Fayz Baraka" MChJ vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyim mahsulotlari bugungi kunda ichki bozor va eksportga yo’naltirilmoqda. Suhbat jarayonida mutaxassislar tomonidan korxona vakillariga sohaga doir qonunchilik bo‘yicha keng tushunchalar berildi hamda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.