Agentlikning  “UzTest” markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan “Korxonabay” tizimi asosida hududimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga amaliy yordam va konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Filial xodimlari To‘rtko‘l tumanida faoliyat yurituvchi «CRISTAL MEGA STAR» MChJ korxonasida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirib, sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

Korxona tomonidan zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, kukunsimon yuvish vositasi mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxona vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ishlab chiqarishda standart talablariga to‘liq javob beradigan xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulotni sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish hamda sohaga oid bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Korxona O'zDst 3900-2019  “Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar” davlat standarti me’yoriy hujjati bilan ta’minlandi.

Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga ISO 9001 sifatni boshqarish tizimi joriy qilingan. Hozirgi kunda kukunsimon yuvish vositasi mahsulotlari Tojikiston davlatiga eksport qilib kelinmoqda va kelgusida korxonaning eksport geografisini kengaytirish rejalashtirilgan.

Bu yerda ishlab chiqarilayotgan kukunsimon yuvish vositasi mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish tavsiya etildi.