O‘zbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov  Praga texnik va sinov qurilish davlat korxonasi  bosh direktori Aleksander Shafarjik-Pstroz  bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Praga Texnik va sinov qurilish instituti davlat korxonasi Chexiya Respublikasida qurilish mahsulotlarining Yevropa talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha sertifikatlashtirish va sinov sohasidagi Yevropadagi eng yirik tashkilot hisoblanadi.

Uchrashuv chog’ida O‘zbekiston va Chexiya munosabatlari rivojlanib borayotgani, hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston-Chexiya o‘rtasida soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli  hamkorligini yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni ishga tushirish, ikki tomonlama aloqalarni jadallashtirish, o‘zaro munosabatlarning ko‘lamini kengaytirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida xalqaro doirada tan olingan bilan muvofiqlikni baholash idoralari bilan  hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi va  Praga texnik va sinov qurilish davlat korxonasi o‘rtasida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.

Mahalliy qurilish korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga Praga texnik va sinov qurilish davlat korxonasidan  SYe markirovkasi olish orqali Yevropa davlatlariga to‘siqlarsiz eksport qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.