O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida sanoat korxonalari faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammo va takliflarni atroflicha o‘rganish va unga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari viloyatdagi “ASIA MILK BUKHARA”, va “OTABEK GIPPER STORY SERVISI” korxonalarilarida bo‘lib, texnik jihatdan tartibga solish standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish hamda qonun buzilishlarning oldini olish hamda sohaga oid amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Jumladan, “ASIA MILK BUKHARA” korxonasida investitsiya loyihasi asosida Turkiya davlatidan olib kelingan zamonaviy sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda korxonada Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari tomonidan mahsulotga tegishli texnik reglamentlar va standartlar bilan ta’minlandi, o‘lchash vositalari metrologik qiyoslovdan o‘tkazish yuzasidan arizalar topshirildi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatlarini olishda hamda mahsulot yorlig‘i standart talablari asosida bo‘lishi yuzasidan sohaga oid amaliy yordam ko‘rsatildi.

 Shuningdek, “OTABEK GIPPER STORY SERVISI” korxonasida temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi. Hozirgi kunda korxonada Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari tomonidan mahsulotga tegishli texnik reglament va standartlar bilan ta’minlandi, o‘lchash vositalari metrologik qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha arizalar topshirildi hamda ishlab chiqarilayotgan BR 100.30.18-markali temir beton yonlar mahsulotiga muvofiqlik sertifikatlarini olishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.Бухоро вилоятидаги корхоналарнинг муаммо ва таклифлари ўрганилмоқда.