Узбекское агентство
по техническому регулированию

OБРАЩЕНИЯ  ГРАЖДАН

Fuqarolarning murojaati


Найти

Кенгайтирилган қидирув

KOICA tashkilotining tashrifi

2015 yilning 1-6 noya.brlarida "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish" loyihasini amalga oshirish bo'yicha Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti mas'ullari "O'zstandart" agentligiga tashrif buyurishdi.

KOICA delegatsiyasi tashrifi

2016 yil 18-22 iyul kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) grant mablag‘lari asosida moliyalashtirilayotgan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi doirasida "O‘zstandart" agentligiga Koreyalik mutaxassislarning ishchi tashrifi bo‘lib o‘tdi. 

“KOICA” tashkilotining mutaxassislari ishtirokidagi amaliy o‘quv seminar

Joriy yilning 15-16 avgust kunlari "Bir oyna" bojxona axborot tizimining amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan, tashkilot mutaxassislari tomonidan “O‘zstandart” agentligining tizim tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlari uchun amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv

2016 yil 25 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


«O’zstandart» xalqaro hamkorlik yo‘lida

2018 yil 27 aprel kuni “O’zstandart” agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)-ning O’zbekistondagi Ofisi direktori janob Son Song Il boshchiligida Koreyaning “Hyundai Asan” va “Korea Testing Certification” kompaniyalarining mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Milliy matbuot markazida “O’zstandart” agentligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi

Milliy matbuot markazida  “O’zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari haqida matbuot anjumani tashkil etildi

Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etdi

«O‘zstandart» agentligi respublikamizdagi nufuzli ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etdi.

«O’zstandart» agentligi tomonidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Mazkur anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Axborot-ma’lumot markazi tomonidan Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarini me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ta’minlashning zamonaviy usulari mavzusidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

KOICA ning O’zbekistondagi ofisi rahbariyati bilan uchrashuv

Joriy yilning 18 sentyabr kuni O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligida Koreya xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligining (KOICA) O’zbekistondagi ofisi direktori janob Son Song Il va direktor o‘rinbosari Xan Song I xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlikda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmoqda

Joriy yilning 18 oktabrda KOICA ning O‘zbekistondagi Ofisi rahbariyati hamda Koreya Respublikasi elchixonasi kotibi Kang Min So lar «O‘zstandart» agentligida bo‘lishdi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan OAV xodimlari uchun “Iste’molchilarni sifati kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning dolzarbligi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarorida “2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi” ijrosini ta’minlash, hamda xozirgi kunda qabul qilingan texnik reglamentlarni mazmun va mohiyatini tushuntirish borasida tegishli ishlar bajarilayotgani xususida so‘z bordi.

XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOGIYALARNING O‘RNI

Joriy yilning 29 aprel – 18 may kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali “O‘zstandart” agentligi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida bir guruh koreyalik mutaxassislar “O‘zstandart” agentligida standartlashtirish sohasida yangi axborot tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish ustida ish olib bormoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tahlili, shuningdek, uni ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar uchun ahamiyati”(Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi misolida).

Qarorning 1-bandiga asosan Xalqaro laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p miqdorda bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xom ashyo, material va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinishi belgilangan.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Joriy yil 21 may kuni “O‘zstandart” agentlida (KOICA) hamda Koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi ofisi rahbariyati bilan uchrashuv

Joriy yilning 20-may kuni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi binosida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning  Oʻzbekistondagi ofisi rahbariyati Pak Sondjin (Park Sunjin) xonim, Pak Xe Chjon (Park Hye Jeong) xonim hamda koreyalik bir qator mutaxassislar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

ORGANIC EXPO-2022

Joriy yilning 20-22-oktabr kunlari Bishkekda Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, Koreyaning Qirgʻiziston Respublikasidagi KOICA xalqaro hamkorlik agentligi shuningdek, Qirgʻiziston oʻrmon va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi hamkorligida “ORGANIC EXPO-2022” koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Bishkek shahrida “ORGANIC EXPO-2022” koʻrgazmasi doirasidagi forumda ishtirok etildi

Joriy yilning 20-22-oktyabr kunlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Boshqarma boshligʻi A.Asqarov Bishkekda Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, va qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi organik dehqonchilik boshqarmasi, Koreyaning Qirgʻiziston Respublikasidagi “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligi, shuningdek, yuridik shaxslar uyushmasi “Qirgʻiziston oʻrmon va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi” koʻmagida “ORGANIC EXPO-2022” koʻrgazmasi doirasidagi forumda ishtirok etdi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Shin Myung Seop bilan uchrashuv o‘tkazdi.