Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti

   Manzil: 100055, Toshkent sh., Zafarobod ko’chasi, 7

   Markaz direktori: Bekmirzaev Komiljon Erbutaevich (v.v.b)

   Telefon:    (998-71) 202-00-11(18-00)

   Faks: 

   Ishonch telefoni: (998-71) 202-00-11 (18-07)

   Elektron pochata manzili: departament@standart.uz

Ish vaqti: Dushanba-juma: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00

Hudud web sihifasi o`tish: depstan.uz


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 24 apreldagi 348-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamentining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlari buzilishi oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama ko‘maklashish;
  • texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini va o‘lchashlarning to‘g‘riligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan komleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos bo‘luvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti to‘g‘risidagi Nizom.