Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha sohalarida sog‘lom raqobat muhitini shakillantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qayerdaki xodimlar orasida ijodiy va ijobiy muhit yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shubhasiz o‘sha yerda taraqqiyot va yuksalish bo‘ladi.
Sir emas so‘nggi yillarda “O‘zstandart” agentligi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK rahbariyatining tashabbusi bilan xodimlar orasida tizimli muloqotlar yo‘lga qo‘yilib,unda institutga murojaat bilan kelayotgan har bir iste’mochiga samimiy munosabatda bo‘lish lozimligi, muloqot paytida ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik kabi muhim vazifalarga e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirning navbatdagisida “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi xodimlarining Respublikamizda qabul qilingan “Koorupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya qilinishi yuzasidan ko‘rgazmali davra suhbati tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida institut direktori o‘rinbosari M. Xayrullayev, va Bosh yurist konsulti S. Hasanovalar so‘zga chiqib, xodimlarga o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmasliklari, tamagirlik, poraxo‘rlik va boshqa korrupsiya holatini keltirib chiqaradigan omillarga yo‘l qo‘ymasliklari hayotiy misollar yordamida ta’kidladilar.
Albatta, institut jamoasi o‘rtasida tashkil etilayotgan bu kabi ma’rifiy tadbirlar har bir xodimning o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishiga yordam beradi.