Joriy yilning 3 iyul kuni soat 10-00 da “O‘zstandart” agentliging katta majlislar zalida“Respublikamizda Standartlashtirish va sertifikatlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi davra suhbati tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan.
Jahon standartlariga mos sifatli mahsulotni ishlab chiqarish va uni jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Shu ma’noda joriy yilning 28 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, va 2017 yilning 21 iyundagi Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qabul qilingan qarorlari yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarimizning nafaqat ichki bozorlarimizda, balki jahonning rivojlangan mamlakatlari bozorlarida munosib o‘rinni egallashiga yordam berishi bilan ahamiyatlidir. 
Shuningdek, mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;
Mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga;
Akkreditatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va sertifikatlashtirish idoralari faoliyatining samaradorligini oshirish;
Ekspert-auditorlarni tayyorlash va sertifikatlashtirish idoralari xodimlarining malakasini oshirish;
Texnik reglamentlarni amaliyotga tadbiq etishga va bu boradagi muammolar va vazifalarni tahlil qilish;
Tejamkor va innovatsion standartlarni ishlab chiqish va joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lami hamda sertifikatlashtirish idoralariga metodik-uslubiy yordamni ko‘rsatish;
Qabul qilingan texnik reglamentlar va xalqaro standartlarga muvofiq yangi sinov usullarini joriy etish, sertifikatlashtirish borasidagi vazifani 3 ish kunida amalga oshirishni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ijrosi yuzasidan qilinayotgan ishlar tahlil qilinadi.