2018 yil 9 mart kuni “O’zstandart” agentligi “Namangan SSM” DK mutaxassislari Namangan viloyat bojxonasining majlislar zalida “Tadbirkorlik subektlariga mahsulot eksportida yaratilgan keng qulaylik va shart-sharoitlar, mavjud muammolar hamda ularning bartaraf etish choralari” mavzusida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar.

Seminardan ko‘zlangan maqsad joriy yilning 27 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida korxonalarni eksport saloxiyatini oshirish, importni kamaytirishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan tadbirlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish.

Seminarda “Namangan SSM” DK mutaxassislari bilan bir qatorda viloyat bojxonasi, Bosh prokuratura xuzuridagi ijro departamenti, Namangan markaziy banki, viloyat soliq boshqarmasi vakillari tomonidan Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlariga to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari importi va eksporti sohasidagi yangiliklar va muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

“O’zstandart” agentligi “Namangan SSM” DK mutaxassisi A.Elchiev o‘z so‘zida korxonalarda sifat menejmenti tizimlarini joriy etish afzalliklari, maxsulotlar sinovi, sertifikatlash tartiblari xaqida batafsil tushuntirish berdi.

Tadbir jonli ruxda o‘tib, barcha eshtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.