O‘zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida tabiiy asal mahsulotining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi standartlar asosida qiyosiy ma’lumotlar shakllantirildi:

  • Asal uchun “Honey CODEX STAN 12-1981” standarti (“Kodeks Alimentarius”);
  • Rossiya Federatsiyasining “GOST R 54644-2011. Tabiiy asal. Texnik shartlar” milliy standarti;
  • GOST 19792-2001 Tabiiy asal. Texnik shartlar davlatlararo standarti;
  • Yevropa ittifoqi Kengashining № 74/409/YeYeS sonli direktivasi.

Tahlil tabiiy asal mahsulotining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy jadval ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, u bilan (ma’lumot rus tilida) saytimizning “Eksport qiluvchiga ko‘mak” bo‘limida tanishishingiz mumkin.