Ma’lumki, qadimiy va navqiron Samarqandga ta’rif berilganda unga yer yuzining sayqali deya bejizga aytilmaydi. Mazkur tabarruk maskan yuzlab ma’rifatli zotlarning beshigini tebratganligi barchamizga yaxshi ma’lum.
Ayniqsa,Toshkent-Samarqand tezyurar poyezdi orqali Jizzaxning G‘allaorol tumanidan o‘tib, Samarqand hududiga kirib borishingiz bilan beixtiyor ruhiyatingiz ko‘tarilib, o‘tmish va kelajakka sayohat qilgandek bo‘lasiz. Buning o‘ziga xos sabablari bor albatta.
Muazzam zaminga kelishingiz bilanoq sizga Amir Temur, Mirzo Ulug‘bekdek dunyo ahlini o‘ziga mahliyo aylagan bobolarimizning ruhi peshvoz chiqqandek bo‘ladi. Shu sabab barchamiz Samarqandga kelsak, bu zamin tuprog‘ig‘a avaylab qadam tashlashimiz lozim.
Samarqand viloyatida qadim bobolariga munosib avlod shakillanmoqda. Ularning orasida, ilmu-ma’rifat, sport va tadbirkorlik bilan shug‘ullanib yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan fidoiy zamondoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov joylarda tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarining vakillari bilan tizimli uchrashuvlarda bo‘lib, ularning faoliyatlarida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida bir qator amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Navbatdagi Sayyor uchrashuvi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. Unga tuman va viloyat miqyosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari taklif etildi.
Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov so‘zga chiqib, agentlikning bugungi faoliyati, sertifikatlashtirish, standartlarni qabul qilish va boshqa yo‘nalishlarda qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Ochiq va savol-javob shaklida tashkil etilgan uchrashuv jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.