Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temurning tashabbusi bilan 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa Keshning (hozirgi Shahrisabz) atrofi qaytadan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan.
Shuningdek, Buyuk Temur xalq farovonligiyu, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, ariqlar qazishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga alohida e’tibor bergan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko‘tarish, aholi uchun savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar va turli-tuman ustaxonalarni barpo etib, xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirgan.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan har jabhadagi o‘zgarishlar, obodonchiliklarni ko‘rib, Amir Temur bobomizning Shahrisabzda “Agar bizning qudratimizga ishonmasang, biz qurdirgan imoratlarimizga boq!” degan xitobi yana bir qayta jonlanayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
“O‘zstandart” agentligi Samarqand Sinov va sertifikatlashtirish markazining bir guruh jamoasi Temur tug‘ilib, oyoqqa turgan yurtga, Shahrisabz shahriga sayohat qilib, tarixiy qadomjolarni ko‘zdan kechirib, xalqimiz har sohada mohir bo‘lganligiga yana bir bor ishonch hosil qildi, hamda Temur saltanatidan ko‘ngli g‘ururga to‘ldi.
Yurtimizda ichki turizm sifatida Shahrisabzga qilingan sayohat har bir kishining ko‘nglida shubhasiz buyuk tarixga, buyuk ajdodlariga munosib bo‘lib, mehnat qilishga undaydi. Bejiz xalqimiz orasida ”Yaxshi dam – mehnatga hamdam” — degan ibora yurmaydi, bu kabi tadbirlar esa mehnat unumdorligini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.