“O‘zstandart” agentligida tashkil etilgan seminarning asosiy mavzusi, taraqqiyotimizning kushandasi bo‘lgan ta’magirlik, poraxo‘rlik va korrupsiya holatlarining oldini olish, bunday salbiy illat hozirgi rivojlanishimizga soya solishi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv avvalida xodimlar e’tiboriga korrupsiya holatlariga berilib qonunlarimizni mensimaslik illatlarining ildiz otishi insonlarni qanday salbiy oqibatlarga olib borishi aks etgan ijtimoiy ahamiyatga ega videolavhalar namoyish qilindi.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tergovchisi J.Rashidov, Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili S.Alimov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M.Yo‘ldoshevlar so‘zga chiqib, mavzuning o‘ta dolzarb ekanligi va barchamiz ta’magirlik va korrupsiya   holatlaridan ogoh bo‘lishimiz zarurligi xususida o‘z mulohazalarini bildirdilar.