“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, navbatdagi sayyor uchrashuvi Qo‘qon shahrida tashkil etildi. Sayyor uchrashuvi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy hududida o‘tkazilgani bois, dastlab tadbirkorlar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Sayyor uchrashuvida “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati rahbari A.Rasulov va Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Mustafoyev ishtirok etdilar.

Uchrashuvga tashrif buyurgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan qatnashdilar. Jumladan, mahsulotlarning sifatini oshirish, korxonalarda sifat tizimlarini joriy etilishi va sertifikatlashtirishdagi ayrim muammolari va takliflarini aytdilar.

Uchrashuv davomida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Mustafoyev barcha savollarga javob berdi.