O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh o’lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o’tkazish ishlarini amalga oshirish uchun Yaponiyaning Kofu va Komine shaharlaridagi Yokogawa Electric Corporation kompaniyasining ishlab chiqarish laboratoriyalarida ishchi tashrif bilan bo’ldi.

Shuni ta'kidlash kerakki, davlat tekshiruvining ushbu turi majburiy tartib bo’lib, uning vositasida ishlab chiqaruvchi o’lchov vositasi ushbu tekshiruvdan o’tganligini, metrologiya qonun hujjatlarining qoidalariga to’liq amal qilgan holda tayyorlanganligini kafolatlashi mumkin. Turini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan mahsulotga tegishli belgi beriladi va u davlat reestriga kiritiladi.

Tashrif doirasida Yaponiya Milliy Metrologiya Instituti (NMIJ) rahbariyati, laboratoriya mudirlari va xodimlari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

Munozaralar natijasida, Yaponiya Milliy Metrologiya Instituti va O’zbekiston milliy metrologiya instituti o’rtasidagi hamkorlikni davom ettirish masalalari kelishib olindi.