Institut laboratoriyalarini modernizatsiyalash va qayta jihozlash bo‘yicha rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib amaliyotga keng joriy etildi.

Mazkur dasturga asosan 2019 yilda 1 952,9 mln. so‘mlik jami

15 dona zamonaviy uskuna xarid qilinishi belgilandi.

Hozirda 375,5 mln. so‘mlik 3 dona uskunalar xarid qilindi va laboratoriyalarda jihozlash ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek Institutda xodimlarni malakasini oshirish masaldasiga ham e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida 15 nafar xodim Yaponiya, Rossiya, Belarussiya va Qozog‘iston kabi chet el mamlakatlarida seminar va o‘quv kurslarida ishtirok etib, o‘zlarining malaka va mahoratlarini oshirdilar.

Shuningdek, Turkiya Standartlar Instituti xalqaro

ekspert-auditori Mehtap Sezer ishtirokida bo‘lib o‘tgan ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining layoqatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” nomli o‘quv kursida institutning 10 nafar mutaxassislari ishtirok etib,zamonaviy malaka ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.