“O‘zstandart” agentligiga Xalqaro moliya korporatsiyasining xususiy sektor, makroiqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha eksperti Violana Konar-Lisi hamda Bojxona va savdo-sotiqni rivojlantirish bo‘yicha yuristi Keyton Kervell tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro savdo tashkiloti (WTO)ga kirishi bo‘yicha tayyorlangan hisoboti tinglandi va soha mutaxassislari tomonidan qizg‘in muhokama etildi.

Suhbat chog‘ida “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan savdo sohasidagi to‘siqlarni bartaraf etish va iqtisodiyotni rag‘batlantirish orqali muntazam olib borilayotgan ishlar, yurtimizda sifat infratuzilmasini rivojlantirish uchun qabul qilingan qarorlar, xususan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash soxalarida olib borilayotgan yangi islohotlar ko‘lami va amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv so‘ngida Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari “O‘zstandart” agentligi raxbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur ishlar olib borishga tayyor ekanligini bildirdi.