Mamlakatimizning barcha jabhalaridagi kabi “O‘zstandart” agentligida ham o‘zgarishlar, islohotlar davri boshlandi. Jumladan, respublikamizda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan o‘tkazish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish yuzasidan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.

Eng muhimi “O‘zstandart” agentligi yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga, ishlab chiqaruvchi korxonalarga xizmat qilish va ular uchun imtiyozlarni taqdim etishda bir qancha qulayliklar yaratildi. Mazkur tizimda shaffoflikni ta’minlash, sohaga oid qabul qilingan qarorlar mohiyatini keng ommaga yetkazish yuzasidan ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o‘rnatib kelmoqda.

Ushbu hamkorlikni uzviy davomi sifatida bugun Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida “O‘zstandart”: sifatni baholashning yangi tizimi, eksportga ko‘maklashish istiqbollar va muammolar tahlili” mavzusidagi ko‘rsatuv tayyorlandi. Unda Agentlik rahbariyati, tadbirkorlar, hamkor vazirlik va idora vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdilar.